“Mini futbol”

23.11.2018, 20:48 Institut yangiliklari, Yangiliklar 771

Joriy yilning 22 – noyabr kuni soat 1500 dan 1900 gacha  Toshkent tibbiyot akademiyasi instituti hududida joylashgan sport zalida Toshkent tibbiyot OTM talaba-yoshlar o‘rtasida “Mini futbol” sport turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari  bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Toshkent tibbiyot OTM talaba yigitlari, 1-5 kurs talabalari ishtirok etdilar. Musobaqa nizomiga ko‘ra talabalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha baxslar aylanma tizimi asosida o‘tkazildi.

Musobaqada TTA, TPTI, TDSI va TFI talaba – yigitlari ishtirok etdilar.

Musobaqaning umum jamoa natijasiga ko‘ra talaba- yigitlar orasida faxrli 1-o‘rinni TTA institut futbol terma jamoasi  egalladi.

Musobaqaning umum jamoa natijasiga ko‘ra talabalar orasida

2 – o‘rinni TOShFARMI “Avitsena” futbol terma jamoasi egalladi.

3 – o‘rinni TPTI futbol terma jamoasi egalladi.

4 – o‘rinni TDSI futbol terma jamoasi egalladi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Institut  matbuot kotibi

N.L.Usmanova