“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil”

23.11.2018, 12:45 Institut yangiliklari, Yangiliklar 667

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5326-son Farmoni, 2018-yil 7-fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3514-son Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, talaba-yoshlarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklari bilan tanishtirish, hamda ularda Vatanga sadoqat va milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish maqsadida  2018-yil 22-23 noyabr kunlari «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» shiori ostida institutning bir guruh talabalari Toshkent shahri bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida institutning 1-kurs talabalri o‘zlarining guruh murabbiylari boshchiligida shahrimizda joylashgan turli inshoatlar, maydonlar va bunyoyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirildi. Sayohatga jami 60 nafar talabalar jalb etildi.

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova