O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar uchun kreditlar ajratilmoqda.

23.11.2018, 12:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 424

Hozirgi kunga qadar tijorat banklari tomonidan aholiga O‘zbekiston bo‘ylab sayyohlik turlarini sotib olish uchun jami 400,0 mln. so‘mdan ortiq iste’mol kreditlari ajratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida tijorat banklari tomonidan aholiga O‘zbekiston bo‘ylab sayyohlik turlarini sotib olish uchun iste’mol kreditlarini ajratish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda, deya xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati. Qo‘mita olgan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunga qadar tijorat banklari tomonidan aholiga O‘zbekiston bo‘ylab sayyohlik turlarini sotib olish uchun jami 400,0 mln. so‘mdan ortiq iste’mol kreditlari ajratilgan.

Ushbu iste’mol kreditlarini ajratilishi, ichki turizmni yanada rivojlantirish hamda aholini mamlakatimiz bo‘ylab sayyohat qilishga bo‘lgan qiziqishlari ortayotganligidan dalolat beradi.

Tijorat banklari ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab sayyohlik turlarini sotib olish uchun ajratiladigan iste’mol kreditlari summasi 2019-yilda joriy yilga qaraganda yuqori bo‘lishi kutilyapti.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova