2017-yil 17-noyabr kuni “Farmatsiya: fan, ta’lim, innovatsiya va ishlab chiqarish” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanida seksiya ma’ruzalari bo’lib o’tdi.

17.11.2017, 16:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 647

     

     

     

2017-yil 17-noyabr kuni “Farmatsiya: fan, ta’lim, innovatsiya va ishlab chiqarish” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanida ishtirokchilar 120 dan ortiq ma’ruza bilan quyidagi seksiyalarda ishtirok etishdi:

  • farmatsevtik ta’lim sohasidagi islohot, yutuqlar, muammolar, kelajak rejalari
  • sanoat farmatsiyasidagi dolzarb muammolar
  • farmatsiyada marketing va menejment, milliy dori siyosatining ustivor yo‘nalishlari
  • dori vositalari sifatini nazorat qilish, standartlash va sertifikatlash
  • yangi dori vositalarini yaratish
  • farmakologiya va klinik farmatsiya
  • sud va klinik toksikologiya.

     

     

     

     

Ushbu seksiyalarda eshitilgan ma’ruzalar chuqur muhokama qilindi, hamda ma’ruza qilgan ishtirokchilarga tinglovchilar tomonidan ma’ruzaga tegishli bo’lgan qiziqarli savollar berildi va qoniqarli javoblar olishdi.