“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

14.04.2017, 13:05 Institut yangiliklari, Yangiliklar 713

2017 yil 12 aprel kuni soat 14-00 da professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi A.E.Qurbonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy o‘quv kurslari kafedrasi mudiri X.A.Karimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi prokurori  K.X.Musashayxovlarning ishtiroki ta’minlandi.

     

     

Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilayotgan tadbirning mazmun-mohiyati xususida ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilarini tanishtirib, so‘z  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi A.E.Qurbonovga berildi.

Tadbir kun tartibida quyidagi masalalar o‘rin oldi:

  1. “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” haqida
  2. “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari”
  3. “Ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashish”