2015 yil 23-24 may kunlari Toshkent farmatsevtika institutida “Sog‘lom ona va bola yili” ga bag‘ishlangan talabalar ilmiy jamiyatining an’anaviy 73-ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi

25.05.2016, 11:29 Institut yangiliklari, Yangiliklar 481

2015 yil 23-24 may kunlari Toshkent farmatsevtika institutida “Sog‘lom ona va bola yili” ga bag‘ishlangan  talabalar ilmiy jamiyatining an’anaviy 73-ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi.

2016-328     2016-329

Plenar majlisda anjuman ochilish marosimiga bag‘ishlangan bo‘lib, institut rektori, professor A.N.Yunusxo‘jaevning tabrik so‘zi, Iqtidorli talaba, Yusupova Durdona. (Sanoat farmatsiyasi, 3-kurs, 2-guruh.) Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan olib borilayotgan isloxotlarni iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish  mavzusidagi ma’ruza  tinglandi.

2016-331    2016-330

Toshkent farmatsevtika institutida ushbu talabalar anjumanini o‘tkazish har yili an’anaga aylangan bo‘lib, bu yil ham ushbu an’anani davom ettirgan holda Toshkent farmatsevtika institutida iqtidorli, ilmiy salohiyatli, talabalardan 330 nafari og‘zaki  ma’ruza, 400 nafari esa devoriy ma’ruza. Shulardan  yarmi ingliz tilida bo‘lib, ushbu anjumanda faol ishtirok etishdi. Ma’ruzalar tezis tartibida chop etildi. Anjuman keng doirada, ya’ni 8 ta maxsus ajratilgan bo‘limlarda:

  1. Dori turlari texnologiyasi va farmatsevtika ishini tashkil qilish;
  2. Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
  3. Sanoat farmatsiyasi;
  4. Kimyo fanlari;
  5. Tibbiy –biologiya fanlar;
  6. Biotexnologiya va fizika, matematika va axborot texnologiyalari bo‘limi
  7. O‘zbek va chet tillari;
  8. Ijtimoiy fanlar bo‘limlarida yuqori saviyada o‘tkaziladi.

 

2016-332    2016-333

2016-334    2016-335

Har bir yosh izlanuchi, iqtidorli talaba ushbu anjumandagi izlanishlari innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarga qaratilgan bo‘lib, amaliyot uchun o‘z echimini topadi degan umiddamiz.

Barcha bo‘limlarda talabalar tomonidan tayyorlangan ma’ruzalar zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda noan’anaviy tarzda, yosh ishtirokchilarning faolligi bilan ko‘zga tashlanadi.

2016-337    2016-336

2016-339    2016-338

Anjumanda talabalar tomonidan tayyorlangan ilmiy ishlar, loyihalar ko‘pchiligi keyinchalik amaliyotga tatbiq etilib, yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga – keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirishga zamin hozirlaydi.

Tadbir so‘ngida g‘olib bo‘lgan iqtidorli talabalar institut rektori tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan rag‘batlantiriladi.

2016-340    2016-341

2016-342    2016-343