“Turli yot g‘oyalar ta’siridan yoshlarni ogoh etish” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

22.11.2018, 13:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 710

Bugungi kunda globallashuv va axborot almashinuvi asrida yoshlarimizni turli yot g‘oyalar va zararli ta’sirlardan asrash asosiy vazifaga aylanib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi buzg‘unchi g‘oyalar, odam savdosi, giyohvandlik, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash bugungi kunda nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda eng katta muam­moga aylanib bormoqda. “Ommaviy madaniyat” niqobi ostida dunyoda targ‘ib etilayotgan axloqsizlik, behayolik, zo‘ravonlik va buzg‘unchilik kabi ko‘plab illatlar ona xalqimizning milliy madaniyati, umumbashariy qadriyatlariga tamoman zid tushunchadir.  Bugun dunyoning turli burchaklarida sodir bo‘layotgan salbiy hodisalar bizni hushyorlikka, ogoh yashashga, tinch va osuda hayotimiz qadriga yetishga undaydi.

Shu maqsadda 2018 yil 21 noyabr kuni soat: 14-00 da institut farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev ishtirokida “Turli yot g‘oyalar ta’siridan yoshlarni ogoh etish”, “Yo‘l transport vositalaridan oqilona foydalanish hamda yo‘l qoidasiga amal qilish shartlari” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi va talabalar o‘rtasida nafaqat mavzu yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tdi balki ularning odob-axloqi, davomati, o‘qishi, darsdan bo‘sh vaqtlari qanday mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanayotganliklari xususida so‘z yuritdi. Suhbat jarayonida talabalardan ham fikr-mulohazalar eshitildi va berilgan takliflar yuzasidan amaliy ishlar olib borilishi belgilab olindi. Tadbirda jami 200 nafar talabalar va 23 nafar professor-o‘qituvchilarning ishtiroki ta’minlandi.

     

Institut matbuot kotibi    N.L.Usmanova