“Stol tennisi”ning yakka razryad bo‘yicha, o’rtoqlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.

21.11.2018, 17:36 Institut yangiliklari, Yangiliklar 566

Joriy yilning 20 – noyabr  kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hududida joylashgan sport zalida Toshkent tibbiyot OTM talaba – yoshlar o‘rtasida “Stol tennisi”ning yakka razryad bo‘yicha, o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Toshkent tibbiyot OTM talaba yigit – qizlari, 1- 5 kurs talabalari ishtirok etdilar.   Musobaqa nizomiga ko‘ra talabalar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha baxslar olimpiya tizimi asosida o‘tkazildi, o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan sportchi nizomga binoan chiqib ketish bilan olib borildi.

     

Institutimizda stol tennis bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa natijasiga qarab, saralab olingan talaba yigit – qizlardan farmatsiya yo‘nalishi 5 – bosqich talabasi Shonazarov Sodiqjon, 2 – bosqich sanoat farmatsiya yo‘nalishi Saidov Saida’zam, 1 – bosqich farmatsiya yo‘nalishi 104 a gurux talabasi Xamroev Muxammadjon va farmatsiya yo‘nalishi 4 – bosqich 403 gurux talabasi Xakimova Sabrina lar shahar birinchiligi musobaqalariga ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Musobaqa jarayonida ishtirokchilari katta qiziqish bilan o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Musobaqa qatnashchilari o‘rtasida kuchli raqobat asosida bo‘lib o‘tganligi taxsinga sazovordir.

Keskin raqobat ostida bo‘lib o‘tgan ushbu birinchilikda o‘g‘il bolalar orasida

 1 – o‘rinni Xamroev Muxammad – Farmatsiya   fakulteti yo‘nalishi 1-bosqich 104 a – guruh talabasi egalladi.

1 – o‘rin  Shonazarov Sodiqjon  –  Farmatsiya fakulteti 5 – bosqich 510 b   guruh talabasi

2 – o‘rinni Saidov Said’azam – Sanoat farmatsiya fakulteti 2 – bosqich 208 a gurux talabasi egalladi.

2 – o‘rin  Xakimova Sabrina  –  Farmatsiya fakulteti  4 – bosqich 403 b   guruh talabasi qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning umum  jamoa  natijasiga ko‘ra talaba- yigitlar orasida  faxrli 1 – o‘rinni TOSHFARMI talaba yigitlari egalladilar.

Musobaqaning umum  jamoa  natijasiga ko‘ra talaba- qizlar orasida  faxrli 2 – o‘rinni TOSHFARMI talaba -qizlari egalladilar.

Musobaqa ishtirokchi –  g‘oliblarni diplomlar bilan taqdirlandilar.

     

Mas’ul murabbiy:                                   V.S.Qosimova

Mas’ul murabbiy:                                   U.R.Abdumalikov

 

Institut matbuot kotibi     N.L.Usmanova