Oliy ta’lim muassasalarida qabul kvotalari 2 barobar oshiriladi.

21.11.2018, 15:13 Institut yangiliklari, Yangiliklar 489

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab ba’zi ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash yuzasidan qabul kvotalari kamida 2 barobar oshiriladi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 20 noyabrdagi “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab “Issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish va yuritish”, “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”, “O‘simliklarni himoya qilish” ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash yuzasidan qabul kvotalarini kamida 2 barobar oshirish to‘g‘risida takliflar kiritish vazifasi topshirildi

O’zA

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova