OAV xodimlari musobaqasiga qura tashlandi.

21.11.2018, 12:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 385

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi sovrini uchun mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasida mini-futbol musobaqasi o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Bugun poytaxtimizdagi “Milliy” stadionning anjumanlar zalida mazkur musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu kunga qadar musobaqada qatnashish uchun 24ta jamoa taqdimnoma taqdim etgandi. Ular orasida nashriyotlar ko‘pchilikni tashkil etayotganligi e’tiborga molik. Qur’a natijasida jamoalar 6 ta guruhga taqsimlanishdi.

 

“A”

“Xalq so‘zi” gazetasi
Zoʻr TV
G‘afur G‘ulom nashriyoti
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi

“V”

“O‘zbekiston” nashriyoti
Uzreport telekanali
Cho‘lpon nashriyoti
“Yoshlar ovozi” gazetasi

 

“S”

“Sharq” NMAK
“Turon 24” axborot agentligi
Tasvir” nashriyoti
Toshkent viloyati matbuot boshqarmasi

 

“D”

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi
“O‘qituvchi” nashriyoti
“Movarounnahr” nashriyoti
O‘zbekiston milliy axborot agentligi

 

“E”

Respublika monitoring markazi
“Mahalla” gazetasi
O‘zbekiston milliy kutubxonasi
www.kun.uz sayti

“G‘”

“Ma’rifat” gazetasi
“Madaniyat va ma’rifat” telekanali
“Nuroniy” noshirlik uyi
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi terma jamoasi.

 

Nizomga ko‘ra o‘z guruhlarining g‘oliblari hamda 2-o‘rin sohiblari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega ikkita jamoa pley-off bosqichida kurashni davom ettirishadi. O‘yinlar joriy yilning 1-5 dekabr kunlari O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi sun’iy qoplamali maydonlarida o‘tkaziladi.

O’zА

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova