“Barqaror rivojlanish maqsadlari davrida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni isloh qilish” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

21.11.2018, 10:24 Institut yangiliklari, Yangiliklar 486

2018 yilning 20 noyabr kuni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Xalqaro press-klubida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining Evropa mintaqaviy Byurosi va JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Barqaror rivojlanish maqsadlari davrida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni isloh qilish” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi. Unda hukumat vakillari, JSST ekspertlari va jamoat tashkilotlari mutasaddilari hamda Toshkent farmatsevtika institutining Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.X.Boltayeva va qizlarjon klubining a’zolari ishtirok etishdi.