Toshkent farmasevtika instituti raxbariyati Sankt-Peterburg davlat Kimyo farmasevtika universitetiga tashrifi.

20.11.2018, 18:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 743

2018 yil 19 noyabr kuni Toshkent farmasevtika instituti rektori I.I.Alimdjanov institut prorektorlari,rahbar hodimlari,kafedra mudirlari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etdi.  Ushbu yig‘ilishda  2018 yil 7-15 noyabr kunlari davomida institut raxbar xodimlarining Sankt-Peterburg davlat Kimyo farmasevtika universitetiga qilgan tashrifi yuzasidan taqdimot namoyish qilindi.

Sankt-Peterburg davlat Kimyo farmasevtika universitetiga instituti rektori I.I.Alimdjanov, o‘quv – uslubiy bo‘limi boshlig‘i N.A.Abzalova, dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri Y.S.Karieva, farmatsiya ishini tashkil qilish kafedrasi dotsenti S.U.Aliev tashrif buyurdilar.

Taqdimotda Sankt-Peterburg davlat Kimyo farmasevtika universiteti bilan yaqindan tanishib chiqildi.

             

Shuningdek 2018 yil 19 oktabr kuni Sank-Peterburg davlat  Kimyo-farmasevtika universiteti  rektori professor Narkevich  Igor Anatolevich  bilan imzolangan memorandum va “yo‘l xaritasi”da kelishib olingan masofaviy malaka oshirish tizimini tez orada amalga oshirib professor-o‘qituvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn tarzda darslar tashkil etish yuzasidan ham to‘xtalib o‘tildi.

Mazkur tashrifda institut xodimlari Sankt-Peterburg davlat Kimyo farmasevtika universitetining kutubxonasi, kafedralar, labaratoriya xonalari, o‘quv jarayonlari, dorivor o‘simliklarni yetishtirish uchun mo‘ljallangan hudud hamda moddiy texnik bazalari bilan tanishdilar.

            

            

            

Tashrifning so‘ngi kunida  Toshkent farmasevtika institutida Sankt-Peterburg davlat Kimyo farmasevtika universiteti bilan hamkorlikda fakultet tashkil etish hamda ushbu fakultet bitiruvchilariga ikkita diplom taqdim etish yuzasidan kelishuv imzolangani haqida ta’kidlab o‘tildi.

                            

 

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova