E’lon! Kembridj universitetining uzluksiz ta’lim instituti 2019 yildan Xalqaro yozgi o‘quv dasturlarida o‘qishga qabul qilishni boshlaydi.

17.11.2018, 10:39 E'lonlar 443

Maqsad – turli mavzular bo‘yicha 200 dan ortiq kurslarni – tarix, fan tarixi, qadimiy va o‘rta asrlar tarixi, ijodiy yozishmalar, tabiiy fanlar, vizual san’at va madaniyat, adabiyot, biznes va tadbirkorlik, ingliz tili fanidan turli mavzular bo‘yicha o‘quv kurslari va ma’ruzalar tashkil etishdan iborat. Kurslar va ma’ruzalar Kembridj universiteti o‘qituvchilari va boshqa mamlakatlarning universitetlari tomonidan taqdim etiladi. Arizalarni qabul qilish muddati 2018 yil 1 dekabrdan boshlanadi. Dasturlarda ishtirok etish shartlari va arizalari haqida batafsil ma’lumot www.ice.cam.ac.uk/intsummer. saytida mavjud. Yozgi o‘quv dasturlarida ishtirok etishni istaganlar IELTS (6.5-7.0 ball) sertifikatlariga ega bo‘lishi kerak. Tanlangan nomzodlarga tanlov imkoniyati beriladi.  87-03-3803