USTOZGA EHTIROM

15.11.2018, 17:23 Institut yangiliklari, Yangiliklar 559

Institut dotsenti X.Sh.Ilxomov tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlanadi.

Ma’lumki, yurtimizda amalga oshirilayotgan tarixiy o‘zgarishlarda, xususan milliy istiqlol g‘oyasi, milliy qadriyatlarimizni yoshlar ongiga yetkazishda, tarbiya va ta’limni uzviy olib borishda o‘qituvchining hissasi bebahodir. Ustozlar butun kuchlarini, aql-idroklarini bilim va zehnlarini, qalb qo‘ri-yu, mehru-taftini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkash insonlardir.

Hazrat Mir Alisher Navoiy bobomiz ustozlikning yuksak maqomini shunday ajoyib so‘zlar bilan ta’riflaydi:

Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qitmish ranj ila,

Aylamak bo‘lmas ado aning haqin yuz ganj ila.

Haqiqatdan ham kishi qalbiga ilm va ma’rifat nurlarini olib kirishda, hayotda munosib o‘rnini topishda  ustozlarimizning mehnatlari tahsinga loyiq. Ularning mehnatlarini hech bir narsa bilan baholab bo‘lmaydi.

Mana shunday mashaqqatli va sharafli kasb egalarini tayyorlash, ularni malakali mutaxassis qilib kamol toptirishda albatta ta’lim muassasalalarining, ustozlarimizning mehnatlari tahsinga loyiqdir. Ustozni ulug‘ deb bilgan ma’rifatparvar xalqimiz muallim va murabbiy zotini hamisha ardoqlab, ularning mehnatini qadrlab keladi.

Toshkent farmasevtika institutida ham yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalashda faol mehnat qilgan hamda yurtimizga malakali dorishunos mutaxassislarni tayyorlashda jonkuyar ustozlarimizning borligi insonni quvontiradi. Bu kabi jonkuyar, fidoi ustozlarimiz bor ekan kelajak avlodning barkamol shaxs bo‘lib kamol topishiga ishonch mujassam. Zero, “O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat”, –  ekanligini yoshlar nigohida, ustozlar mehrida  ham ko‘rish mumkin.

Toshkent farmasevtika institutida ham jonkuyar, mehribon, o‘z kasbining mohir mutaxassislari yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Mana shunday ustozlarimizdan biri dotsent X.Sh.Ilxomovdir.

X.Sh.Ilxomov 15 yildan buyon Toshkent farmasevtika instituti ta’lim sohasida pedagogik jarayon bilan hamqadam, hamnafas faoliyat olib bormoqda. X.Sh.Ilxomov 1981-1986 yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ilmiy labaratoriya muxandisi,1986-1989 yillarda O‘zbekiston fanlar akademiyasi qoshidagi mexanika va inshoatlar seysmik mustahkamligi instituti aspiranti, 1989-1991 yillarda Toshkent temir yo‘llari instituti hisoblash markazi dasturlovchisi, 1991-1993 yillarda Toshkent Irrigatsiya va qishloq ho‘jalik mashinalari injinerlari instituti o‘qituvchisi lavozimlarida faoliyat olib bordi.

2003-yildan X.Sh.Ilxomov Toshkent farmasevtika institutida o‘z ish faoliyatini boshlab, dastlab fizika, matematika  va axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2007-2009 yillarda instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, 2009-2015 yillarda fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri lavozimlarida xizmat qildi. 2015-yildan boshlab bugunga qadar X.Sh.Ilxomov Toshkent farmasevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakultet dekani lavozimida faoliyat yuritmoqda.

     

Ilmiy izlanishlari natijasida X.Sh.Ilxomov tomonidan pedagogik va ilmiy faoliyat davomida 32 ta ilmiy maqola, tezis va uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan.

Bu yil X.Sh.Ilxomov o‘zining 60 yilligini nishonlayapti. Shu fursatdan foydalanib, Toshkent farmasevtika instituti rahbariyati ustoz X.Sh.Ilxomov tavalludining 60 yilligi munosabati bilan muborakbod etadi.

     

X.Sh.Ilxomovga sog‘liq, omonlik, tinchlik va xotirjamlik, faoliyatingizda ulkan zafarlar, barcha reja va orzu-umidlaringizni ro‘yobga chiqishini tilaymiz. Shuningdek, Sizga dunyodagi ezgu niyatlar ijobatligini, el e’tirofiga, e’zoziga munosib bo‘lish baxti tark etmasligini tilab, yaqinlaringiz va shogirdlaringiz hamda xalqimiz baxtiga sog‘-salomat bo‘ling deymiz. Har doim elning nazarida, e’zozida bo‘lish baxti Sizlarni tark etmasin.

N.X.Ashurova

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va

ma’rifat bo‘limi boshlig‘i