Toshkent temir yo‘l transporti muxandislari institutining majlislar zalida “Zulfiya Davlat mukofoti” tanlovining tuman saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

13.11.2018, 16:29 Institut yangiliklari, Yangiliklar 569

2018-yilning 8-noyabr kuni Toshkent temir yo‘l transporti muxandislari institutining majlislar zalida “Zulfiya Davlat mukofoti” tanlovining tuman saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov 17 nafar 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlar orasida o‘tkazildi. Tanlovda Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti farmatsiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi N.U.Usmanova “Fan” yo‘nalishi bo‘yicha o‘zining ilmiy ishlari, ixtirolari va bo‘sh vaqtida shug‘ullanadigan mashg‘ulot mahsullari bilan ishtirok etdi. Tanlov natijalari 3 kun ichida e`lon qilinadi.