Pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishga qaratilgan psixollgik trening

12.11.2018, 23:01 Institut yangiliklari, Yangiliklar 491

Kasbiy faoliyatdan, jamoa bilan munosabatlardan qoniqish pedagog faoliyatining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan sanaladi. Shu bois institutda psixologining asosiy yo‘nalishlaridan biri-pedagog jamoalarida ijobiy psixologik muhitni shakllantirish orqali ularning talabalar bilan konstruktiv muloqot qilishlariga zamin yaratishdan iborat.

10-noyabr kuni biotexnologiya fakulteti professor o‘qituvchilari ishtirokida psixologik trening o‘tkazildi. Trening davomida pedagogik faoliyatdagi kasbiy so‘nish sindromining belgilari va ularni bartaraf etish usullari xaqida ma’lumot berildi. Ishtirokchilarning kasbiy va shaxs xususiyatlari proektiv metodikalar yordamida diagnostika qilindi. O‘tkazilgan metodikaning natijalari taxlil qilinib, natijalariishtirokchilarga tushuntirildi.

     

     

Institut psixologi

S.A.Azlyarova

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova