Toshkent farmasevtika instituti professor-o‘qituvchilarining Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

09.11.2018, 16:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 57

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 2018-yil 15-oktabrdagi 09-2520-son topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmasevtika institutining farmatsiya fakulteti dekani A.A.Nurmuhamedov, Farmasevtlar malakasini oshirish fakulteti kafedra mudiri U.Akromov, Dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri Yo.S.Kariyeva, Analitik kimyo kafedrasi mudiri M.Fatxullayeva, Yangiyo‘l tumanidagi 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchi-yoshlarni ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdir.

Shuningdek ushbu uchrashuvda Yangiyo‘l tumanidagi 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori G.N.Kuramshina, maktab o‘qituvchilari hamda maktabning 160 nafar o‘quvchilari qatnashdilar.

Uchrashuvni Toshkent farmasevtika institutining farmatsiya fakulteti dekani A.A.Nurmuhamedov ochib berdi. U o‘quvchi-yoshlarni Toshkent farmasevtika institutining tashkil topishi undagi fakultet, yo‘nalishlar bilan tanishtirdi. Institutda dorixonalar uchun farmasevt kadrlarni tayyorlash shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish korxonalari uchun farmasevt-texnologlar tayyorlanishi xususida ma’lumot berdi. Shuningdek talabalarning yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun muntazam ravishda o‘z ustilarida ishlashlari, yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi, Ibn Sino nomidagi Davlat stipendiyasi, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lishi xususida ham maktab o‘quvchilariga ma’lumot berildi.

So‘ngra o‘quvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollarga Farmasevtlar malakasini oshirish fakulteti kafedra mudiri U.Akromov, Dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri Yo.S.Karieva, Analitik kimyo kafedrasi mudiri M.Fatxullaevalar to‘laqonli javob berdilar.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova