“Farmasevtik kimyo” kaferasi filialida olib borilayotgan dars jarayonlari.

09.11.2018, 13:14 Institut yangiliklari, Yangiliklar 69

Toshkent farmasevtika instituti “Farmasevtik kimyo” kafedrasining filiallaridan biri, Akademik S.S.Yunusov nomidagi O‘zR FA, O‘simlik moddalari kimyosi institutida tashkil etilgan bo‘lib, tahlil laboratoriyalari hozirgi zamon talablari asosida jihozlangan ushbu filialda talabalarga kafedraning professor o‘qituvchilari, tomonidan “Farmasevtik kimyo” fanidan ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi. Talabalar ushbu filialda o‘tkaziladigan ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlardan kelajakda ish faoliyatlarida qo‘llash uchun o‘zlariga kerakli bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni oladilar. Laboratoriyalarda dori moddalarini o‘simlik xomashyolaridan ekstraksiya usulida ajratib olish, shuningdek kimyoviy yo‘l bilan sintez qilish jarayonlarini, ajratib olingan dori moddalarini sifatini nazorat qilish va standartlash bilan yaqindan tanishib boradilar. Mazkur filialda talaba va magistrlar o‘z ilmiy faoliyatlarini ham olib borishadi, bu esa o‘z navbatida talabalarning o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga, shuningdek yetuk kasb egasi bo‘lishiga yordam beradi. Sanoat farmatsiyasi fakulteti 3-bosqich 1–oqim 301A va 301B guruh talabalari, ikki institut o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan filialda “Farmasevtik kimyo” fanidan noyabr oyida ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlari olib borildi.

     

Sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 3-bosqich 301A va 301B guruh talabalarining  O‘zR FA akademik S.S.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutida tashkil etilgan “Farmasevtik kimyo” kafedrasi filialida, assistent S.Z.Nishanbayev tomonidan ma’ruza mashg‘ulotlari olib borilgan bo‘lsa, assistent G‘.B.Sotimov va katta o‘qituvchi T.A.Mirraximovalar tomonidan, laboratoriya mashg‘ulotlari olib borildi. Filialdagi farmasevtik kimyo fanidan ma’ruza mashg‘ulotiga kafedra mudiri dotsent X.Q.Olimov va fakultet dekan muovini A.Rajabovlar tashrifidan lavhalar.