“Talabalarni informatsion xurujlardan asrash” hamda “Jinoyatchilikka qarshi” mavzularida tadbir bo’lib o’tdi.

05.11.2018, 22:36 Institut yangiliklari, Yangiliklar 616

2018-yil 5-noyabr 15-00 da Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi professori-o’qituvchilari va Yakkasaroy tumani I.I.O.M.B tergovchisi Hayitov Ikrom Sheramatovich bilan hamkorlikda “Talabalarni informatsion xurujlardan asrash” hamda “Jinoyatchilikka qarshi” mavzularida tadbir o’tkazildi. Tadbirda Ichki ishlar organlari Faoliyatini Muvofiqlashtirish Boshqarmasi tergovchisi Hayitov Ikrom Sheramatovich so’zga chiqib hozirgi kunda Informatsion hurujlardan ya’ni “Ko’k kit” o’yinlaridan asrash, turli xil g’oyalarga qarshi kurash maqsadida fikrlar yoritildi, hamda Toshkent hududida sodir etilayotgan turli xil jinoyatlar haqida gapirildi. Tadbir savol-javob va qizqarli muloqotlarga boy bo’ldi.