Farmatsevtik texnologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari DTT kafedrasining filialida olib borilmoqda.

01.11.2018, 13:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 568

2018-yil 31-oktabr kuni Dori turlari texnologiyasi kafedrasida o‘qitiladigan “Farmasevtik texnologiya” fanidan “Gidrofil moddalardan suspenziya tayyorlash texnologiyasi. Sifatiga baho berish” mavzusidagi laboratoriya mashg‘ulotlari kafedra filiali “Afsonak 63” xususiy dorixonasida “Farmatsiya” fakulteti farmatsiya yo‘nalishi 3-kurs 302A-guruh talabalari bilan kafedrasi assistenti M.A.Tashmuxamedova boshchiligida olib borildi. Mashg‘ulot jarayonida gidrofil xususiyatli moddalardan dispergirlash, loyqalash va kondensatsiya usullarida suspenziya tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha talabalar tomonidan laboratoriya ishlari o‘tkazildi. Talabalar retseptura bo‘limidagi farmasevt-texnolog bilan birgalikda  suspenzion dori shakllarini tayyorlashdi.