Islom Karimov Fondi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun uchinchi grantlar tanlovini e’lon qiladi.

30.10.2018, 18:18 E'lonlar 769

Karimov Fondi O‘zbekistonning iqtidorli va iste’dodli yigit-qizlari o‘rtasida xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun uchinchi grantlar tanlovini e’lon qiladi.

Karimov Fondining yangi ta’lim grantlari quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha Yevropaning oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichida tahsil olish imkonini beradi:

  • Qayta tiklanuvchan energiya manbalari;
  • Kimyo. Kimyo texnologiyasi;
  • Suv va yer resurslarini boshqarish;
  • Mashinasozlik texnologiyalari;
  • Arxitektura. Bino va inshootlarni qurish;
  • Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, tonnellar, yo‘l o‘tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish;
  • Tekstil sanoati texnologiyalari va uskunalari;
  • Turizm xizmatlarini tashkil etish va boshqarish;
  • Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar;

Tanlovda ingliz, nemis yoki fransuz tillarini a’lo darajada bilgan, O‘zbekiston yoki chet el oliy ta’lim muassasasini bitirgan yoki uning so‘nggi kursida tahsil olayotgan, yoshi 35dan oshmagan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Grant sovrindorlarining chet elda tahsil olish va yashash xarajatlari (2 yilgacha) Fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2018 yil 5 noyabrdan – 24 noyabrgacha qabul qilinadi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova