Institut rahbariyatiga biriktirilgan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 54-umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Farmasevtika kecha va bugun” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

30.10.2018, 18:04 Institut yangiliklari, Yangiliklar 566

2018-yil 30-oktyabr kuni institut rahbariyatiga biriktirilgan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 54-umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida  Farmasevtik kimyo kafedrasi tashabbusi bilan “Farmasevtika kecha va bugun” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda kafedra mudiri X.K.Olimov, kafedra professori Q.A.Ubaydullayev, dotsent A.Q.Saidvaliyev, maktab direktori N.J.Umurtasov hamda o‘quvchi-yoshlarning ishtiroki ta’minlandi. Suhbat jarayonida kafedra mudiri X.Q.Olimov Toshkent farmasevtika instituti, O‘rta Osiyoda yagona institut ekanligi va institutda bugungi kun talabi asosida yetishib chiqayotgan kadrlar hamda talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan bugungi kunda olib borilayotgan oqilona siyosat faqat xalq farovonligi yo‘lida qilinayotgan ishlar, qabul qilinayotgan qonunlar va ularni ijrosi to‘g‘risida va “Farmasevtika kecha va bugun” mavzusida so‘z yuritildi. Bugungi kunda farmasevtika sohasiga berilayotgan e’tibor katta ekanligi, o‘zimizni mahalliy xom ashyolar asosida yangi kam toksik ta’sirga ega bo‘lgan tan narxi arzon dori preparatlarini yaratish, aholiga yetkazib berish to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.

     

     

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmasevtika sanoati” to‘g‘risidagi qaror va farmonlarining mazmun-mohiyayati xususida dotsent A.Q.Saidvaliyev hamda umumta’lim maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, shuningdek o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ilm olishga va kitob mutolaasiga bo‘lgan ishtiyoqni oshirish masalasida kafedra professori Q.A.Ubaydullayevlar qiziqarli ma’lumotlarni berib o‘tdi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va

ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova,

Matbuot kotibi N.L.Usmanova