Muhammad al-Xorazmiy olimpiadasi tantanali ravishda ochildi.

29.10.2018, 17:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 718

Talabalar o‘rtasidagi matematika fanidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi I-xalqaro olimpiadaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi instituti direktori, akademik Shavkat Ayupovlar barchani tabriklab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Shuningdek, Piza universiteti professori Bartolossi mukofoti sohibi Marko Abate xalqaro olimpiada qatnashchilariga onlayn tarzda tabrik yo‘lladi.

Kunning ikkinchi yarmida talabalar o‘rtasidagi matematika fanidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi I-xalqaro olimpiadaning asosiy qismi boshlandi.

Urganch shahrida joylashgan Yoshlik sport kompleksida xalqaro olimpiada ishtirokchilari matematika fanidan topshiriqlarni bajarishga kirishishdi.

Qatnashchilar soat 9:00 dan 14:00 ga qadar olimpiada vazifalarini bajarishdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur olimpiada yurtimizda birinchi marotaba tashkil etilib, unda dunyoning 20 ta davlatidan 58 ta universitetning 334 nafar talabalari ishtirok etmoqda.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova