Toshkent Botanika bog‘ida “Dorivor o‘simliklar resursshunosligi” fanidan ma’ruzalar o‘tkazildi.

29.10.2018, 15:57 Institut yangiliklari, Yangiliklar 862

5-kurs 501 V, 502 A V, 503 V gurux talabalari “Dorivor o‘simliklar resursshunosligi” fanidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akad. F.N.Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘iga olib borildi. Unda dotsent D.Q.Pulatova, katta o‘qituvchi G.Q.Raximova, assistentlar M.K.Muxitdinova va M.Sh.Ikramovalar tomonidan resursshunoslik tadqiqotlarini olib borishda tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish. Hisob va adabiyotlar ma’lumotlari asosida muayyan xududda dorivor o‘simliklar ko‘plab o‘sadigan massivlarini aniqlash, dorivor o‘simliklarni zaxirasini aniqlash mavzularida laboratoriya darslari, xamda dorivor o‘simliklarni muxofaza qilish va ularni resurslaridan oqilona foydalanish mavzularida ma’ruza darslari  o‘tkazildi.