15-20 oktabr kunlari Farmasevtika ishini tashkil qilish kafedrasi professor-o‘qituvchilari talabalar turar joyida kafedra kunini o‘tkazdi.

29.10.2018, 14:50 Institut yangiliklari, Yangiliklar 520

FITQ kafedrasi professor-o‘qituvchilari 15-20 oktabr kunlari TTJga tashrif buyurib kafedra kunini olib bordilar. Tadbirda FITQ kafedrasi mudiri dotsent, f.f.n. Sh.Z.Umarova, dotsentlar: b.f.n. Z.Sh.Xidoyatova, f.f.n. N.D.Suyunov,  dos. v.b., f.f.n. G.M.Ikramova, f.f.n. S.U.Aliyev, katta o‘qituvchilar: f.f.n. B.S.Temirov, G.E.Sodiqova, M.N.Ziyayeva, N.A.Sodiqova assistentlar: M.T.Azimova, D.B.Raxmatjonova, D.A.Nazirova, N.X.Rajabova, F.X.Ismailova, I.I.Urunova, Sh.T.Aripov, Z.F.Umarova, N.Sultonbayeva, M.Pardayeva, G.Shokirovalar hamda tarbiyachi-pedagog N.E.Yusupova qatnashdi.

     

FITQ kafedrasi o‘qituvchilari TTJda kafedraga biriktirilgan 26-33 xonalarda yashovchi talabalar bilan birma-bir tanishishdi. Talabalarning aksariyati 1-kurs sanoat farmatsiyasi yunalishidagi o‘g‘il bolalar ekanligi sababli talabalarni institut Talabalar turar joyidagi mavjud shart-sharoitga  ko‘niktirish, adaptatsiya jarayonini yuzasidan ma’lumotlar berildi. Talabalarga TTJ dagi mavjud shart-sharoitlar tushuntirilib, tozalikga rioya qilish, xonalarni toza ozoda saqlash, xonalarni o‘z vaqtida tozalash, umumiy gigienik qoidalar bilan tushuntirildi yashash sharoitlari, intizomlari, sanitariya va gigiena qoidalariga rioya etishlari  yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Talabalar turar joyidagi kafedraga biriktirilgan 26-33 xonalarda yashovchi talabalar bilan 21-oktabr “Til bayrami” munosabati bilan o‘zbek tilining mohiyati, ahamiyati, hozirgi kunda uning funksiyalarini oshib borishi haqida suhbat olib borildi. Katta o‘qituvchi G.E.Sodiqova so‘zga chiqib, talabalarga millatni millat, davlatni davlat maqomiga ko‘taradigan asosiy omil bu ona tili ekanligi, Cho‘lpon, Behbudiy, Qodiriy, Hamza, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom, Said Ahmad, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, O‘tkir Hoshimov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Hurshid Davron, Muhammad Yusuf kabi ijodkorlar ham o‘zbek tilining sofligini saqlashda, bor go‘zalligini tanitishda samarali mehnat qilganliklarini ta’kidladi.

     

Talabalar bilan 2016-yil 15-sentabrdan kuchga kirgan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” sohadagi vazifalari xaqida suxbat olib borildi. Suxbatda dasturning maqsadi bu – yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, demokratik o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishtirish, tinchlik hamda barqarorlikning qadr-qimmatini to‘laqonli tushuntirish, istiqlol sharofati bilan har birimiz va eng avvalo, yosh avlod vakillariga yaratilgan imkoniyatlarning ahamiyati, qolaversa, ushbu shart-sharoitlardan unumli foydalana olish mas’uliyati ularning o‘z zimmasida ekanini anglatishligi tushuntirildi.

Shuningdek talabalarga FITQ kafedrasi xaqida ma’lumotlar berildi. Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, kafedraning professor o‘qituvchilari haqida gapirildi. Tadbirga kafedraga biriktirilgan 26-33 xonalardan yashovchi jami 12 ta talaba jalb etildi.