Muhtaram Prezidentimizning 24-oktyabrda Oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan o’tkazgan uchrashuvida ko’rilgan masalalarni yetkazish bo’yicha yig’ilish o’tkazildi.

26.10.2018, 17:44 Institut yangiliklari, Yangiliklar 673

Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha  harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida ko‘plab vazifalar ishlab chiqildi. Ushbu vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli  qarorida  belgilangan.

2018-yil 26-oktabr kuni Toshkent farmasevtika instituti rektori I.I.Alimdjanov Prezidentimizning ta’lim sifatini yuqori darajada tashkil etish borasida 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institut professor-o‘qituvchilari, bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlari  ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

     

Mazkur majlisda ko‘plab masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan ishlab chiqarish korxonalari bilan mustahkam aloqa o‘rnatish, axborot komunikatsion texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng kiritish, o‘quv rejalarini tuzishda “Baloniya” sistemasiga asoslanish,  prorektorlarni saylashni rektorlar vakolatiga o‘tkazish va shu kabi yana ko‘plab masalalar xususida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek institut rahbar xodimlariga, kafedra mudirlariga to‘xtalib o‘tilgan masalalar yuzasidan tegishli vazifalar yuklatildi.

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova