“Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi o‘qituvchilari TTJda “Buyuk allomalar hayoti va ijodiy faoliyati vatanparvarlik tarbiyasida ibrat manbai” mavzusida suhbat uyushtirdilar.

25.10.2018, 17:17 Institut yangiliklari, Yangiliklar 750

Yoshlar o’rtasida vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarda “Buyuk allomalar hayoti va ijodiy faoliyati vatanparvarlik tarbiyasida ibrat manbai” mavzusida davra suhbatlarini uyushtirish maqsadga muvofiqdir. Shu munosabat bilan 2018-yil 25-oktyabr kuni “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi o‘qituvchilari va TTJ pedagog-tarbiyachisi N.E.Yusupovalar tomonidan Talabalar turar joyida “Buyuk allomalar hayoti va ijodiy faoliyati vatanparvarlik tarbiyasida ibrat manbai” mavzusida suhbat uyushtirdilar. Suhbat davomida buyuk allomalar Abu Nasr Farobiy, imom Buxoriy, Najmiddin Kubro, Abu Ali ibn Sino haqida suhbatlashildi. O’tkazilayotgan tadbirlar natijasida talaba-yoshlar ongida buzg’unchi g’oyalarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yoshlarda badiiy va mantiqiy tafakkurni shakllantirishga erishilmoqda.