«“Harbiy xizmat mardlik, chiniqish, toblanish maktabi”, “O‘zbek yigiti – mustaqillik posboni”»

19.01.2015, 16:21 Institut yangiliklari 536

2015-yil  13-yanvar soat: 15-00 da “Kamolot” YoIH BT yetakchilari tashabbusi bilan institutda talabalarga “Xotira va qadr”, “odamiylik” tushunchalarining hamda mamlakatimizdagi osoyishta va tinch hayot qadrining mazmun-mohiyatini yetkazish uchun institutga harbiy xizmatni o‘tab imtiyoz asosida talabalikka qabul qilingan talabalar ishtirokida “Harbiy xizmat mardlik, chiniqish, toblanish maktabi”, “O‘zbek yigiti – mustaqillik posboni” kabi mavzularda davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirni institut “Kamolot” YoIH BT yetakchisi O‘.J.Yunusov kirish so‘zi  bilan ochib berdi va tadbir jarayonida kengash a’zolari  SH.Sodiqov, M.Matazimov, A.Zaynutdinov va R.Po‘latovlar mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Shuningdek, suhbat jarayonida talaba-yoshlar o‘rtasida “Xotira va qadr”, “odamiylik” tushunchalarining hamda mamlakatimizdagi osoyishta va tinch hayot qadrining mazmun-mohiyati keng yoritib berildi. Jami talabalar soni 30 nafarni tashkil qildi.