Qozog‘iston Respublikasi L.N.Gumilev nomli Yevroosiyo milliy universiteti professori, kimyo fanlari doktori Dosmagambetova Saule Sarkantayevnaning Toshkent farmasevtika instituti “Analitik kimyo” kafedrasida olib borgan mahorat darslari.

25.10.2018, 16:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 757

Toshkent farmasevtika instituti analitik kimyo kafedrasi mudiri va professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi, PQ-2956 sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, PQ-3151 sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, PQ-3775 sonli “O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi hamda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyotini joriy etish” qarorlarini muayyan darajada bajarish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi L.N.Gumilev nomli Yevroosiyo milliy universiteti tabiiy fanlar fakulteti, kimyo kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori Dosmagambetova Saule Sarkantaevna ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarida mahorat darslarini olib borish hamda o‘zaro tajriba almashinish uchun taklif etildi. Mehmonni institut o‘quv bo‘limi boshlig‘i N.A.Abzalova, xalqaro bo‘lim boshlig‘i M.Sh.Foziljonova, kafedra mudiri M.Fatxullayeva va kafedra professor-o‘qituvchilari kutib oldilar.

Professor Dosmagambetova Saule Sarkantayevna farmatsiya yo‘nalishi 2-kurs IV-oqim 207A, 207B, 208A, 208B, 209A, 209B guruh talabalari ishtirokida “Noorganik moddalarning ekstraksiyasi” mavzusida ma’ruza olib bordi.

     

Shu bilan birga, prof. S.S.Dosmagambetova sanoat farmatsiya yo‘nalishi 2-kurs 202A, 202B guruh talabalarining laboratoriya mashg‘ulotlarida qatnashdi.

     

Prof. S.S.Dosmagambetova kafedraning uskunaviy tahlil laboratoriya xonasi bilan tanishdi.

Shuningdek, prof. S.S. Dosmagambetova, Analitik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari, institut o‘quv bo‘limi boshlig‘i N.A.Abzalova, xalqaro bo‘lim boshlig‘i M.Sh.Foziljonova va kafedra mudiri M.Fatxullayeva ishtirokida kafedraning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy ishlar to‘g‘risida suhbat o‘tkazildi.

Prof. S.S. Dosmagambetova “Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi” ga tashrif buyurdi. Ilmiy markazda prof. S.S. Dosmagambetova  zamonaviy asbob-uskunalar vositasida dori vositalarining tahlil usullari bilan tanishdi.

     

     

Prof. S.S. Dosmagambetova “Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi” xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zaro tajriba almashinish jarayonida kafedra professor-o‘qituvchilari o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va kelgusida har ikkala oliy ta’lim muassasalari doimiy ravishda hamkorlik ishlarini olib borish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Analitik kimyo kafedrasi

                                         mudiri dos. M.Fatxullayeva

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova