Toshkent farmasevtika instituti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yil talabasi” tanlovi natijalari.

23.10.2018, 20:21 Institut yangiliklari, Yangiliklar 617

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashining 2018-yil 22-yanvarda tasdiqlangan 1-son bayoni (23.01.2018 y., 01-07/1-3305) 1-ilovasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida yoshlar siyosati sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar Dasturi”ning 39-bandida belgilangan vazifalar va institutda tahsil olayotgan talabalarda tashabbuskorlik hamda vatanparvarlik fazilatlari, o‘z kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq hamda yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 28-maydagi 471-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut talabalari o‘rtasida “Yil talabasi” tanlovi  2018-yil sentabr-oktabr oylarida o‘tkazildi.

Tanlovdan asosiy maqsad iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatga va davlatimizga yetuk, yosh va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va intelektual salohiyatini oshirish, oliy o‘quv yurtlarining iqtidorli talabalarini aniqlash hamda ularga o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishga imkoniyatlar yaratish, talabalarda jamoatchilik qobiliyati va fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish va rag‘batlantirishdan iboratdir.

Toshkent farmasevtika institutida ham mana shunday iqtidorli talabalar “Yil talabasi” tanlovi qatnashib g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Bular:

  • “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin Abduxalikova Nargiza O‘ktamovna Farmatsiya fakulteti 5-kurs 507 B guruh talabasi, 2-o‘rin  Fayzullayeva Shahodat Xabibullo qizi Farmatsiya fakulteti kasbiy ta’lim yo‘nalishi 5-kurs 501 A guruh talabasi, 3-o‘rin Rustamov  Javohir Furqat o‘g‘li  Sanoat farmatsiyasi fakulteti 4-kurs 405 B guruh talabasi.
  • “Yilning eng tashabbuskor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin Abduraimova Arofat Uchqunovna Sanoat farmatsiyasi fakulteti biotexnologiya yo‘nalishi 3-kurs 301 A guruh talabasi, 2-o‘rin  Berdiboyev Jaxongir Salohiddin o‘g‘li Sanoat farmatsiyasi fakulteti 2-kurs 201 B guruh talabasi, 3-o‘rin  Ibragimov Islom Xojiakbar o‘g‘li  Farmatsiya fakulteti 4-kurs 407 A guruh talabasi.
  • “Yilning ixtirochi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin Fazliyev Sunnatillo Aloyiddinovich Farmatsiya fakulteti 5-kurs 509 A guruh talabasi, 2-o‘rin Ramazonova Shahzoda Shoyim qizi Farmatsiya fakulteti 3-kurs 301 B guruh talabasi, 3-o‘rin Axmedov Akmalbek Rustambek o‘g‘li Farmatsiya fakulteti 4-kurs 408 A guruh talabasi.
  • “Yilning sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1- o‘rin Toshtemirov Jo‘rabek Baxtiyorovich Farmatsiya fakulteti 2 kurs 202 A guruh talabasi, 2-o‘rin  Xotamjonov Azizullo 1 kurs magistranti, 3-o‘rin  Narziqulov Farhod Faxriddin  o‘g‘li Sanoat farmatsiyasi fakulteti biotexnologiya yo‘nalishi 2 kurs 210 B guruh talabasi.
  • “Yilning  ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1- o‘rin Turayeva Sadoqat Solijon qizi  Farmatsiya fakulteti 4-kurs 408 A guruh talabasi, 2-o‘rin Otajonova Marxabo Otabek qizi Farmatsiya fakulteti 2-kurs 202 B guruh talabasi, 3-o‘rin Jalilova Umida Asqaraliyevna qizi Sanoat farmatsiyasi fakulteti Metrologiya yo‘nalishi 3-kurs 301 B guruh talabasi.

Tanlov g‘oliblarini chin qalbimizdan muborakbod etamiz.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova