Qozog’iston Respublikasi Karaganda shahridagi “Bolashak” akademiyasi rektori tashrifi.

22.10.2018, 18:57 Institut yangiliklari, Yangiliklar 875

    

     

Bugun 2018-yil 22-oktyabr kuni Toshkent farmasevtika institutiga Qozog’iston Respublikasi Karaganda shahridagi “Bolashak” akademiyasi rektori Melibayev Kuralbay Nesipbekovich xorijiy talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i bilan birgalikda tashrif buyurishdi. Mehmonlar rektor Ibroxim Inomovich Alimdjanov tomonidan samimiy kutib olindi. Rektorlar o’zaro xamkorlik aloqalarini mustaxkamlash uchun fikr va takliflar almashdilar. Toshkent farmasevtika instituti va “Bolashak” akademiyasi o’rtasida o’quv, ilmiy, tashkiliy va xalkaro munosabatlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan ikki tomonlama xamkorlik memorandumi va kelishuv imzolandi. Farmatsiya fakultetini xamkorlikda tashkil etish taklifini o’rtaga tashlandi. Ushbu tashrif O’zbekiston hamda Qozog’iston do’stona munosabatlarini aks ettiruvchi navbatdagi tadbir desa bo’ladi.