Sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotida barchamiz ma’sulmiz!

22.10.2018, 18:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 761

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda yurtboshimizning «Bugun hech kimga sir emas, erta yoshdan boshlab sport bilan muntazam shug‘ullanadigan bolalargina jismonan sog‘lom, baquvvat bo‘lib voyaga yetadi. Shu asosda “har bir ota-onaning ezgu orzusi bo‘lmish sog‘lom farzandni o‘stirish, aholimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish uchun katta imkoniyatlar paydo bo‘ladi», degan so‘zlarini keltirib o‘tish lozim. Chunki, har bir ota-ona farzand tarbiyalar ekan, o‘z zurriyodining jismonan barkamol bo‘lib ulg‘ayishini istaydi.

Sportni yanada rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari rektor, prorektor, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ham sport soatlari tashkil etilmoqda. Bunga misol tariqasida Toshkent farmasevtika institutida 2018-yil 20-oktabrdagi sport musobaqasini olshimiz mumkin.

     

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2018-yil 20-sentabrda o‘tkazilgan majlis bayonining 4 va 5 bandlari  hamda O‘zbekiston respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018-yil 19-oktabrdagi  8-7/1433 – sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida institutda rektor, prorektor, dekan va dekan muovinlari va institut xodimlari ishtirokida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

    

Institut rektori I.I.Alimdjanov, prorektor va dekanlar, dekan muovinlari bilan birgalikda sog‘lomlashtirish mashqlari bajarildi hamda futbol musobaqasi tashkil etdilar.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova