Xalilova Shaxnoza Ravshanovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

22.10.2018, 17:09 E'lonlar 573

I.Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda o‘sadigan sebarga turlarining farmakognostik tavsifi», 15.00.02–Farmasevtik kimyo va farmakognoziya (farmasevtika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V2017.1.PhD/Far9.

Ilmiy rahbar: Urmanova Flyura Faridovna, farmasevtika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmasevtika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmasevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.

Rasmiy opponentlar: Yuldashev Zokirjon Abidovich, farmasevtika fanlari doktori, professor; Patsaev Anapiya Kanibekovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmasevtika ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

Tadqiqotning maqsadi:mahalliy floraning sebarga o‘simligi turlari asosida samarali dori vositalarini yaratish va ularni tibbiyot amaliyotida qo‘llash imkoniyatlarini asoslash hamda o‘simliklarni farmakognostik tavsiflashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor mahalliy floraning sebarga o‘simligining 7 ta turining morfologik-anatomik tadqiqi asosida dorivor o‘simlik mahsulotining standartlash uchun zarur anatomik-diagnostik belgilari aniqlangan;

ilk bor Trifolium L. turkumi xomashyosidan pinitol va izoflavanoid moddalarning ko‘p miqdorda ajralib olishni ta’minlovchi mo‘tadil usullari hamda pinitol va izoflavonoidlar yig‘indisini formononetinga nisbatan sifat va miqdoriy tahlil usullari ishlab chiqilgan;

mahalliy o‘tloq sebarga o‘simligining turli qismlarida pinitol va izoflavonoidlar miqdori hamda sebarga o‘simligi turlari orasidan istiqbolli o‘tloq sebargasini kimyoviy tarkibi aniqlangan;

ilk bor o‘tloq sebarga mahsuloti va uni asosidagi dori shaklini sifatini baholovchi standartlash usullari ishlab chiqilgan hamda istiqbolli o‘tloq sebarga o‘simligi mahsulotini anatomik-diagnostik belgilari va sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlar, ekologik tozaligi va qo‘llanishda xavfsizligi aniqlangan;

tavsiya etilgan xomashyo tarkibidagi pinitolni to‘planish dinamikasi asosida sifat va miqdorini aniqlash usullari ishlab chiqilib, pinitolning miqdor me’yori aniqlangan, tajribada uni tayyorlash va saqlashning mo‘tadil muddatlari asoslangan;

o‘tloq sebarga xomashyosidan olingan quruq ekstrakt asosidagi original dori vositasini spesifik faolligi va farmako-toksikologik xususiyatlari aniqlangan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘tloq sebarga yer ustki qismining kimyoviy tarkibini o‘rganish, tavsiya etilayotgan xomashyo va uning asosida yaratilgan quruq ekstrakt va dori vositasini standartlash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

o‘tloq sebargasi quruq ekstrakti asosidagi diabetga qarshi vositasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05095, 2015 y.). Natijada olingan quruq ekstrakt uning asosida dori vositasini olish imkoni yaratilgan;

o‘tloq sebarga yer ustki qismi mahsuloti, substansiya-o‘tloq sebargasi quruq ekstrakti va uning asosidagi dori vositasi «Diabefor» kapsulalari uchun «Remedy Group» qo‘shma korxonasida KFM loyihalari ishlanib, klinik sinovdan o‘tkazish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining «Dori vositalari, tibbiy ashyo va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiya davlat markazi» DUK tomonidan ro‘yxatga olingan (Farmakologiya qo‘mitasi Rayosatining 2017-yil 19-apreldagi 7-son qarori) hamda Etika qo‘mitasi tomonidan mazkur prepatatni klinik sinovdan o‘tkazishga ruxsat berilgan (Etika qo‘mitasining 2018-yil 8-yanvardagi 9/16-son ma’lumotnomasi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018-yil 15-oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida qandli diabet kasalligini mahalliy dorivor o‘simliklardan olingan preparat asosida samarali va bezarar davolash imkoniyati yaratiladi.

Manba: oak.uz