“Men nechun sevaman O‘zbekistonni”

20.10.2018, 17:21 Institut yangiliklari, Yangiliklar 899

2018-yil 19-oktabr kuni soat 11:00 da Toshkent shahar Uchtepa tumani 78-sonli umumta’lim maktabi rahbariyati va Toshkent farmatsevtika institut rahbariyati hamkorligida “Men nechun sevaman O‘zbekistonni!”, “Men kelajakda yurtimga fidoiy farzand bo‘laman” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Uchtepa tumani 78-sonli umumta’lim maktab direktori Isayeva Go‘zal Jalilovna, Toshkent farmatsevtika instituti Tillar kafedrasi o‘qituvchisi dotsent Umarova Farida Zikrillayevna, Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Abduraxmonov Xasan Ibragimovich, Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash kursi tinglovchisi Pazliddinov Abdulvohid Vahobjon o‘g‘li hamda iqtidorli talabalar va o‘quvchilar ishtirok etdi. Tadbir jarayonida institut professor-o‘qituvchilari mavzu yuzasidan qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tdilar va institut hayotiga oid rolik namoyish etildi. Tadbirda jami 130 nafar o‘qituvchilar, talabalar va o‘quvchilar ishtirok etdi.

     

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova