Sankt-Peterburg davlat Kimyo-farmatsevtika universiteti rektori Narkevich Igor Anatolevichning tashrifi.

19.10.2018, 17:36 Institut yangiliklari, Yangiliklar 785

Avval xabar berganimizdek, 2018-yil 19-oktyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutiga Sankt-Peterburg davlat Kimyo-farmatsevtika universiteti rektori Narkevich Igor Anatolevich, tibbiy va farmatsevtik tovarshunoslik kafedrasi mudiri Umarov Sergey Zakirdjanovichlarning tashrifi kutilayotgan edi. Bugun ushbu tashrif amalga oshirildi. Institutda mazkur rossiyalik mehmonlarning  tashrifi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

     

Kichik faollar zalida xamkorlik masalalari xususida suxbatlashildi. Professor Igor Narkevich farmatsevtika sohasini yanada jaddal rivojlantirish, shu bilan bir qatorda  ishlab chiqilayotgan dori vositalari sifatini  nazorat  qilish  xaqida to‘xtaldi. Buning  uchun malakali yosh kadrlarni ko‘paytirish masalasiga e’tibor qaratildi. Professor Igor Narkevich institut professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislarini stajirovkasini amalga oshirish, talabalar almashinuv dasturiga binoan o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashga  taklif qildi. Shuningdek, o‘quv dasturlarini,  xalqaro loyihalarni xamkorlikda ishlab chiqish, magistratura mutaxasisliklari uchun o‘quv dasturlari ishlab chiqish va xalqaro xamkorlikdagi konferesiyalarni yo‘lga qo‘yish masalalari xaqida kelishib olindi. Shu bilan birga professor Igor Narkevich Toshkent farmatsevtika instituti qoshida Sankt-Peterburg Kimyo-farmatsevtika fakultetini ochish taklifini bildirdi. Yuqoridagi kelishuvlar asosida memorandum imzolandi.

     

Memorandum imzolashning rasmiy qismi katta faollar zalida bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir jarayonida institut professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, magistr va talabalar ishtirok etdi.

     

     

Toshkent frmasevtika instituti rektorining 2018-yil 19-oktyabrdagi 779-sonli buyrug‘i asosida institut rektori I.I.Alimdjanov Sankt-Peterburg davlat Kimyo-farmatsevtika universiteti rektori Narkevich Igor Anatolevichni “Institut faxriy professori” unvoni bilan taqdirladi. Institut rektori faxrli mehmonlarga diplom, milliy liboslarimizdan bo‘lgan zar cho‘ponlar taqdim etdi.

     

    

    

    

Mazkur o‘tkazilgan tadbir OAVlarida keng yoritildi. Xususan, Yoshlar telekanali “Davr” dasturi, Yoshlar radiokanali, “Xalq so‘zi” gazetasi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi jurnalistlari tomonidan keng yoritlib 19-20 oktyabr kunlari efirga uzatilmoqda.

     

    

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova