Toshkent farmasevtika instituti rektori I.I.Alimdjanovning “O‘zbekiston-Rossiya” forumiga tashrifi.

19.10.2018, 16:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 540

O‘zbekiston va Rossiyaning qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan ilk marotaba O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi o‘tkazilmoqda. 2018-yil 18-otyabr kuni  Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tayotgan forumning birinchi qismi yalpi majlis shaklida o‘z ishini yakunlandi.

Yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvohidov hamda Rossiya rektorlar uyushmasi prezidenti, Lomonosov nomidagi Rossiya davlat universiteti rektori Viktor Antonovich Sadovnichiylar ochib berdi.

Forumning keyingi qismida esa, ikki davlat OTMlari rektorlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda muhokama qilish maqsadida alohida sho‘balarga bo‘linishdi.

Xalqaro anjumanda Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar asosida talabalarni o‘qitish, fakultet va kafedralar filiallarini tashkil qilish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 150ga yaqin shartnomalar imzolandi.

Shu bilan bir qatorda Toshkent farmasevtika instituti rektori I.I.Alimdjanov, Sank-Peterburg davlat Kimyo-farmasevtika universiteti  rektori professor Narkevich  Igor Anatolevich bilan xamkorlik xujjatlarini imzoladi.

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova