Farmakognoziya kafedrasi “Talabalar turar joyida” kafedra kuni o‘tkazdi.

19.10.2018, 16:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 544

2018-yil  14-oktabr kuni kafedramiz professor-o‘qituvchilari va talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan birgalikda kafedra kuni o‘tkazildi.

     

Kafedra kunida global axborot kurashi davrida turli siyosiy kuchlarning axborot-g‘oyaviy hurujlaridan himoyalanish, yoshlarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan maqsadli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv materiallari tayyorlash, yosh avlod vakillarining qiziqishi va manfaatlarini inobatga olgan holda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish, talabalarni internet va ijtimoiy tarmog‘larda ma’naviy tahdidlarga qarshi chiqishlarni tashkil etish mavzusida davra suxbatini o‘tkazdilar. Shuningdek talabalarga “Farmakognoziya kafedrasi kecha, bugun va ertaga” mavzusida ham davra suhbati o‘tkazildi. Kafedra mudiri F.F.Urmanova so‘zga chiqib farmasevtika institutining farmakognoziya kafedrasi tarixi, mazkur kafedrada ishlagan professor-o‘qituvchilarning hayoti va ijodi, fanni rivojlantirishga qo‘shgan xissalari haqida gapirdilar. Professor A.Ya.Ibragimov yoshlarimizga farmakognoziya fanni ahamiyati, kasbga yo‘naltirish, o‘z kasbini ustasi bo‘lish to‘g‘risida, shuningdek dorivor o‘simliklarning ahamiyati inson hayotidagi o‘rni, undan oqilona foydalanish usullari haqida qiziqarli ma’lumot berdilar. Talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollariga to‘la mazmunli javob olishi bilan birgalikda, kafedra o‘qituvchilari tarkibi bilan yaqindan tanishdilar. Iqtidorli talabalarga o‘zlari qiziqtirgan mavzularda ilmiy ish qilish uchun kafedra tomonidan taklif oldilar. Davra suhbati so‘ngida fanga qiziqtirishni  uyg‘otish maqsadida talabalar orasida viktorina o‘tkazildi. O‘zbekistonda o‘sadigan dorivor o‘simliklar gerbariy namunalarini qanchalik tabalar bilishi aniqlandi. Talabalar faol qatnashib, g‘olibga kafedramiz professori A.Ya.Ibragimov muallifligida chop etilgan monografiyasi sovg‘a sifatida taqdim etildi.

     

Farmakognoziya kafedrasi