“Yoshlar kelajak bunyodkorlari”

18.10.2018, 13:36 Institut yangiliklari, Yangiliklar 501

2018-yil 18-oktabr kuni Farmasevtik kimyo kafedra professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar turar joyida yashovchi talabalar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasida 2018-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan davlat Dasturi”ni ijrosini ta’minlash maqsadida “Yoshlar kelajak bunyodkorlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilaridan dotsentlar N.A.Yunusxodjayeva, A.D.Toshpulatova, R.A.Xusainova, assistent K.Sh.Muxitdinova, katta o‘qituvchi N.A.Zaripova, assistentlar A.A.Jurayeva, N.B.Saidkarimova, Sh.S.Yuldashevalar ishtirok etdi. Suhbat jarayonida talabalarga “Yoshlar kelajak bunyodkorlari” shiori asosida talabalarni tanlagan  kasblarini inson hayoti uchun juda muhim ekanligini va ular o‘z kasblariga  fidoiy  bo‘lishi kerakligi, ularni  milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida  mustaqillik  g‘oyalariga sodiqlik milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga dahldorlik, fidoiylik hissini  qaror toptirish va rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shish kerakligi haqida ma’ruza qilindi. Shuningdek, suhbat jarayonida talabalar tomonidan berilgan savollarga kafedra professor-o‘qituvchilari javob berdilar.

     

Farmasevtik kimyo kafedrasi mas’ul

o‘qituvchisi Sh.S.Yuldosheva