Toshkent farmatsevtika institutining “Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejementi” kafedrasi assistenti Kamola Ramazonovaning “Davr” informatsion dasturi, “O‘zbekiston 24” va O‘zbekiston milliy axborot agentligiga ilmiy ishlari xaqida bergan intervyusi.

14.10.2018, 10:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 979

Xalq orasida Vitiligo (pes) nomi bilan ataladigan kasallikning kelib chiqish sabablari tibbiyotda hanuzgacha to‘liq ma’lum emas. Aynan shu tufayli ham uni davolash qiyin. Bu kasallik yosh, jins yoki irq tanlamaydi. Dunyo aholisining 1- 4 foizi vitiligodan aziyat chekadi.

So‘nggi vaqtlarda yoshlar orasida kasallanganlar soni ko‘payib borayotgani unga qarshi chora ko‘rishni tezlashtirishni talab etmoqda.

Vaholanki, Abu Ali ibn Sino davridan ma’lum bo‘lgan teri qavati pigmentatsiyasining buzilishi natijasida kelib chiqadigan patologiya – vitiligo kasalligi o‘zining ijtimoiy ahamiyati va muammosining dolzarbligi bilan muhim o‘rinni egallaydi.

Ma’lumki  bugungi kunda yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’nan etuk, intellektual salohiyatli, vatanparvar qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday e’tiborni oqlashga harakat qilib kelayotgan yosh olimlarimiz ham talaygina.Bulardan biri Toshkent farmatsevtika institutining “Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejementi” kafedrasi  assistenti Kamola Ramazonovadir.

     

U dermatologiya amaliyotida vitiligo kasalligini qo‘llash uchun tavsiya etilayotgan “Kupivit” preparatining yangi gel dori shaklini mo‘tadil  tarkibi va texnologiyasini  ishlab chiqdi. Bunda mahalliy qo‘zg‘atuvchi va allergik reaksiyalarni keltirib chiqarmasligiga e’tibor berildi.

Vitiligo kasalligini davolashda tavsiya etilgan mahalliy dori vositalar samaradorligini oshirish, assortimentini kengaytirish, mamlakatimizda import o‘rnini bosuvchi samarali preparatlarni yaratish maqsadida koordinatsion birikmalar kupir va piratsin saqlovchi gel dori shakli ishlab chiqildi, – deydi Kamola Ramazonova. – Buning uchun yumshoq dori turlari texnologiyasida qo‘llanuvchi zamonaviy va optimal yordamchi moddalar, xususan poloksamer va karbopol kombinatsiyalari tayyorlandi va ularning gel hosil qiluvchi xususiyati o‘rganildi.

Shuningdek, gel tarkibidagi ta’sir etuvchi va yordamchi moddalar o‘rtasidagi mutanosiblik, uning fizik-kimyoviy hamda texnologik ko‘rsatkichlari aniqlandi. Vitiligo kasalligining kelib chiqishiga bir necha omillar sababligi bois, uni davolashda kompleks terapiya bilan bir qatorda mahalliy dori vositalarining qo‘llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi.​​

    

Kamola Ramazonova bugungi kunda yana ko‘plab kasalliklarga davo qidrib  yana boshqa dori vositalari ustida ixtiro olib bormoqda. Yosh olimning ilmiy ishlari ommaviy axborot vositalarida ham yoritilib borilmoqda. Masalan kuni kecha Kamola Ramazonova Yoshlar” teleradiokanali “Davr” informatsion dasturi uchun, “O‘zbekiston 24” va O‘zbekiston milliy axborot agentligiga ilmiy ishlari xaqida intervyu berdi. Kamola Ramazonovaning izlanishlari borasida ustozlari ham o‘z fikrini bildirdi.

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova