Ma’naviyat kuni.

14.10.2018, 10:33 Institut yangiliklari, Yangiliklar 730

2018-yili 11-oktyabr  kuni Toshkent farmasevtika instiuti 206-b guruxi murrabiysi N.X.Ashurova o‘z guruhi talabalri bilan ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Toshkent viloyatida joylashgan muqaddas qadamjolardan biri “Zangiota” ziyoratgohiga tashrif buyurdi. Talabalarga Zangi ota kim va qanday inson bo‘lgani xaqida ma’lumotlar berildi.

     

     

Zangi ota  islom olamidagi ulug‘ mutafakkir hamda mutasavvif donishmandlardan biri bo‘lib, uning nomi faqat Movarounnahrdagina emas, balki Xuroson xalqlari orasida ham ma’lum va mashhurdir. Zangi ota (Oyxo‘ja) yoshlik paytidan padari buzrukvori Toshxo‘ja huzurida ta’lim oladi. Otasi vafotidan so‘ng, Xoja Ahmad Yassaviyning to‘rtinchi xalifasi va sodiq shogirdi bo‘lmish Hakim ota huzuriga boradi. Bir necha yil ul zotning xizmatida bo‘lib, Yassaviya tariqatining sir-asrorlarini, odoblarini o‘rganadi, hamda ilmi zohiriy va ilmi botiniy yo‘riqlaridan voqif bo‘ladi. Zangi ota  656 hijriy – 1258 milodiy yili vafot etadilar va hozirgi Zangi ota qishlog‘ida dafn etiladi. Bu joy nafaqat Shosh viloyati, balki butun Movarounnahr hamda Xurosondagi turkiy xalqlar uchun ziyoratgoh maskan hisoblanadi, hozir esa butun tuman Zangi ota nomi bilan ataladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Zangi ota Himmatiy Yassaviya tariqatidagi mo‘tabar va yirik mutasavvif mashoyixlardan biri bo‘lgani tufayli uning alohida tariqati, odob-qoidalari yo‘qdir. Yassaviya tariqati odoblari unga ham tegishlidir.Shu kabi  ko‘plab Zangiota xaqidagi ma’lumotlar talabalarga yetkazildi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova