Toshkent farmatsevtika instituti talabalarini Xalqaro innovatsiya lagerida ishtiroki

10.10.2018, 13:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 270

     

     

FILIN (Farmatsevticheskiy internatsionalniy lager innovatsii) loyixasining talabalar ishtirokidagi navbatdagi farmatsevtika va farmatsevtik ishlab chiqarishga bag’ishlangan 8 chi professional faoliyati 21-sentabrdan 28-sentabrga qadar Rossiya Federatsiyasining Yaroslavl shaxrida bo’lib o’tdi. Mazkur yilda FILIN ishtirokchilari 60 nafar talabalarni tashkil etib ularni aksariyati Rossiya, Belorussiya, Qozog’iston va O’zbekiston Respublikalaridan tashrif buyurishgan. Toshkent Farmatsevtika instituti 4-kurs farmatsiya fakulteti talabalaridan Axmedov Akmal va Ibragimov Islom ushbu loyixada muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdilar. Ular institutimiz nufuzini  yana xam ko’tarilishiga o’z xissalarini qo’shish bilan birga u yerda o’z mutaxassisliklariga oid yangiliklar va innovatsiyalar bilan tanishdilar. Ushbu loyixa talabalar uchun juda qiziqarli va foydali bo’ldi. «Olimp nauki» MChJ bosh direktori, FILIN farmatsevtik lageri soorganizatori Nadelyayevoy I.I. tomonidan Toshkent farmatsevtika instituti raxbariyatiga minnatdorchilik bildirildi. Biz shunday yoshlarimizdan faxrlanamiz!

     

     

 Xalqaro aloqalar bo’limi