Toshkent Farmasevtika institutitutining 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir

29.09.2018, 10:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1392

Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. Ustozlarimiz o‘giti, keksalarimiz pand-nasihatlariga amal qilish kelajak poydevori. Inson, avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi.Barchamizga ma’lumki, yurtimizda o‘qituvchi va murabbiylarga juda katta e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-sentabrdagi 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq  bayrami munosabati bilan Toshkent shahri va joylarda o‘tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni  o‘tkazish to‘g‘risida”gi gi (01-14/9-7-son, 19.09.2018 y.) majlis bayonida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 28-sentabr kuni soat 15-00 da o‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Talabalikka bag‘ishlov va 1-oktabr -“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayramiga bag‘ishlab “Bayramingiz muborak aziz ustozlar” mavzusida ma’naviy va ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Toshkent farmasevtika instituti rektori I.I.Alimdjanov o‘zining ustoz va murrabiylarimizga bo‘lgan cheksiz xurmati, mexri va shirin tilaklari bilan ochib berdi.

     

     

     

Tadbir jarayonida Toshkent Farmasevtika institutida ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan 20 nafar professor-o‘qituvchilari “Faxriy yorliq” va sovg‘alar bilan  taqdirlandi.

     

     

Shuningdek  institutda  uzoq  yillardan beri an’ana bo‘lib kelgan 1-kursga qabul qilingan talabalarni “Talabalik qasamyodi” ham qabul qilindi.

     

“Talabalik  qasamyodi”dan so‘ng tadbir qo‘shiq va kuylarga ulandi.

     

     

“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” ga bag‘ishlangan bayram dasturida Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenizbek Ilyosov, O‘zbekiston “Nihol” mukofoti sovrindori Shoira Otabekova, “Xandalak” guruhi  a’zosi, so‘z ustasi Zokirjon Ochilev va yana ko‘plab san’atkorlar qatnashdi.

     

Tadbir juda fayzli va ko‘tarinki ruxda bo‘lib o‘tdi. “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” ga bag‘ishlangan bayram dasturi O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi, Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova