Toshkent  Farmasevtika instituti  talabalarining “Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura muzeyi”ga tashrifi

20.09.2018, 12:31 Institut yangiliklari, Yangiliklar 922

Bugungi kunda mamlakatimizning ko‘hna va boy va milliy hunarmandchilik tarixi, shu bugungacha saqlanib qolingan o‘ziga xos maktablarning an’analari hamda amaliy san’at va hunarmandchilik asarlarini asrash, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish va kelajak avlodga yetkazish borasida keng ko‘lamda ishlar olib borilmoqda.

     

Prezidentimizning hunarmandlarga bo‘lgan yuksak e’tiborlari, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ijodkorlarning yanada zavq  bilan asarlar yaratishida, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etib yuksak o‘rinlarni egallashida,  katta ko‘mak bo‘lmoqda.

     

Buning yana bir namunasi misolida joriy yilning 5-15 sentabr kunlari Toshkent shahridagi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida bo‘lib o‘tgan Shahrisabzlik kulol, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi a’zosi Rustam Muzaffarovning “Shahrisabz kulolchiligi: an’ana va innovatsiya” nomli ko‘rgazmasida ko‘rishimiz mumkin.

     

Bu  ko‘rgazmaga Toshkent farmasevtika institutining talabalari ham tashrif buyurdi. Ushbu ko‘rgazmaga tashrif O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasining 2018-yil 24-avgustdagi 20/2-22-633j-son xati va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 12-sentabrdagi 87-02-2499-sonli xatiga binoan amalga oshirildi. Institut talabalarining mazkur muzeyga tashriflari bo‘yicha jadval ishlab chiqildi va imzolandi. Shuningdek, talabalarning muzeyga tashriflarini amalga oshirishda murabbiylar boshchiligida amalga oshirildi. Shahrisabzlik kulol O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi a’zosi Rustam Muzaffarovning yaratgan asarlari talabalarning milliy hunarmandchilikga bo‘lgan hurmati va qiziqishlarini yanada oshirdi. Buni talabalarning ko‘rgazmada tushgan fotosuratlari misolida xam ko‘rishimiz mumkin.

Institut  matbuot kotibi hamda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi