Tashakkurnoma

20.09.2018, 12:23 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1076

Hurmatli ustozlar!

Biz tahsil olayotgan Toshkent farmatsevtika instituti yurtimizdagi eng nufuzli oliy ta’lim dargohlaridan biri hisoblanadi. Xalqimizning sog’ligini saqlash, ularni  arzon va sifatli dori-darmon vositalari bilan ta’minlash, dorishunoslik ilmini bugungi kun talablaridan kelib chiqib yanada rivojlantirish ko’p jihatdan biz talaba-yoshlarning ham oldimizda turgan muhim vazifalarimizdan biridir.

Ushbu o’quv yili ham biz uchun ulkan imkoniyatlarga boy bo’ladi deb hisoblaymiz. Sababi shundaki joriy o’quv yiliga biz yoshlarni o’z bag’riga olish uchun jonajon institutimiz o’zgacha tayyorgarlik ko’rgan va yangicha qiyofa kasb etgan. Institutimizga tashrif buyurganimiz bilanoq katta hajmdagi bunyodkorlik, yaratuvchilik, obodonlashtirish ishlari ko’zimizga tashlandi. Jumladan institutga kiraverishda yangi darvoza o’rnatilgani, atrofiga gullar ekilgani o’zgacha  fayz taratmoqda. 1-o’quv binosining kirish joylari, talabalar turar joylari, sport zallari ta’mirlangan. Biz bilim oladigan o’quv xonalari  ta’mirlanib, zamonaviy asbob-uskunalar, reaktivlar, televizorlar bilan jihozlangan. Barcha kafedralarda yangi pedogogik texnologiyalar asosida ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib borilmoqda. Bir so’z bilan aytganda bizning har tomonlama kasb sirlarini egallashimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabala-yoshlarda o’zimizning institutdan va sevimli kasbimizdan faxr-iftihor tuyg’ulari kundan-kunga ortmoqda. Bizning ta’lim tarbiya olishimiz, jamiyatda o’z o’rnimizni egallashimizga qaratilgan bunday imkoniyatlar uchun institut rahbariyatiga, fakultetlar dekanatlariga, kafedra mudirlari va barcha professor-o’qituvchilarimizga o`zimizning chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Shu bilan birga institutimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, yaratuvchilik kabi ezgu ishlariga biz ham o’zimizning a’lo baholarimiz, na’munali xulqimiz, ilm fan sohasidagi izlanishlarimiz va yutuqlarimiz bilan o’z hissamizni qo’shamiz.

Hurmat bilan,

Toshfarmi talabalari nomidan,

Sanoat farmatsiyasi yo’nalishi

2-kurs talabasi Ahmedov Behzod.