Toshkent farmasevtika instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlari uchun nashr ruxsatnomalar olindi.

15.09.2018, 14:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 715

Toshkent farmasevtika instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan quyidagi o‘quv adabiyotlari uchun nashr ruxsatnomalari olindi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda nashr qilishga ruxsat berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus  ta’lim vazirligining 2017-yil 27-iyundagi  434-sonli buyrug‘iga asosan Umumiy va noorganik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari X.To‘xtayev, A.Sharipov va S.Aminovlarning 5510500- farmatsiya (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan  “Noorganik kimyo”  fanidan  darslik;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 24-avgustdagi 603-sonli buyrug‘iga asosan Tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari L.Bazarova, N.Suyundiqov, D.Xudoyqulovalarning 5510500 – Farmatsiya (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Lotin tili va farmasevtik terminologiya asoslari”  fanidan  darslik;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 14-iyundagi  531-sonli buyrug‘iga asosan Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari N.Ulug‘murodov, N.Sadikova, Z.Tursunovalarning 5510500 – Farmatsiya (turlari bo‘yicha), 5510600 – Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha), 5320500 – Biotexnologiya (farmasevtik biotexnologiya), 5111000 – Kasb ta’limi ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan  “Fizika”  fanidan darslik;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 14-iyundagi 531-sonli buyrug‘iga asosan Biotexnologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari B.Sagdullaev, M.Ismailova, S.Maxmudovlar tomonidan 5A510602-Immunobiologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan “Ishlab chiqarishni loyihalash va uskunalash”  (o‘zbek tilida) va “Proektirovanie i osnaщenie proizvodstva”  (rus tilida) darsliklari.