Biotexnologiya kafedrasida “Biologik faol texnologiyasi” fanidan mustaqil ishini qabul qilish noan’anaviy shakli tashkil etildi.

15.09.2018, 12:10 Institut yangiliklari, Yangiliklar 925

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son Qarori 11-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Toshkent farmasevtika institutida talabalarni innovatsion fikrlashga yo‘naltiradigan o‘qitish texnologiyalari va interfaol  uslublarni  joriy etish asosida tashkil etish, asosiy e’tiborni talabalarning mustaqil ta’lim olishi bilan bog‘liq mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Biotexnologiya kafedrasida “Biologik faol texnologiyasi” fanidan Sanoat farmatsiyasi ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalarning mustaqil ishini qabul qilish noan’anaviy shaklda tashkil etilmoqda. Talabalar mustaqil ishlarini Power Point taqdimot ko‘rinishida guruhda taqdim etib, muxokama etmoqdalar va fikr-mulohaza  almashinmoqdalar.