“Zamonaviy analitik kimyo va Farmatsevtik kimyo fanlarining asosiy tushunchalari, maqsadi va vazifalari.” mavzularida ochiq integrallashgan ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

13.09.2018, 18:14 Institut yangiliklari, Yangiliklar 81

     

2018-yil 10-sentyabr kuni soat 15:00 da 1-vv auditoriyasida Analitik kimyo kafedrasining mudiri, dotsent M.Fatxullayeva hamda Farmatsevtik kimyo dotsenti N.A.Yunusxodjayevalar bilan birgalikda sanoat farmatsiya yo‘nalishi 2-kurs 2-oqim talabalariga “Zamonaviy analitik kimyoning asosiy tushunchalari, maqsadi va vazifalari. Fanning rivojlanish tarixi” va “Farmatsevtik kimyo fanining mohiyati, maqsadi va vazifalari.” mavzularida ochiq integrallashgan ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzada Ta’lim sifati nazorati inspeksiyasi uslubchisi N.T.Zokirova, O‘quv bo‘limi xodimi G.Djalilova va ushbu kafedralarning xodimlari ishtirok etdilar.