E’lon!!! Toshkent farmatsevtika instituti O’zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti.

12.09.2018, 17:06 E'lonlar 738

Toshkent farmatsevtika instituti O’zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti o’zlashtirish ko’rsatkichi 1-kurs talabalarining 1-semestr natijalari fanlar bo’yicha o’rtacha 86 ball va undan yuqori bo’lganda, yuqori kurs talabalariga o’tgan o’quv-yilining 2 ta semestr natijalari alohida hisoblanganda o’rtacha 86 ball va undan yuqori, O’zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari bo’lgan talabalar uchun 2018-2019 o’quv yili uchun shartnoma summasining 35% ini to’lash bilan bog’liq jarayonlar va arizalar qabul qilish boshlanganini e’lon qiladi. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalaning va faol ishtirok etib 35% moddiy qo’llab-quvvatlashga sazovor bo’ling.

Shu munosabat bilan 2018-yil 20-sentyabr kuni soat 15:00 da 1-bino 127-ma’ruzalar honasida umumiy yig’ilish o’tkaziladi. Qatnashish istagida bo’lgan talaba-yoshlarni taklif qilamiz.

Arizalar va murojaatlar 1-bino 111-honada soat 15:00 dan boshlab qabul qilinadi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi

Boshlang’ich tashkiloti.