E’lon!!! Toshkent farmatsevtika instituti O’zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti.

12.09.2018, 17:06 E'lonlar 656

Muddatli harbiy hizmatni o’tab harbiy tavsiyanoma bilan institutga  to’lov-shartnoma asosida qabul qilingan talabalar diqqatiga!

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti muddatli harbiy hizmatni o’tab harbiy tavsiyanoma bilan institutga to’lov-shartnoma asosida qabul qilingan 1-kurs va yuqori kurslarda tahsil olayotgan talabalarni 2018-2019 o’quv yili uchun shartnoma summasining 35% ini to’lash bilan bog’liq jarayonlar va arizalar qabul qilish boshlanganini e’lon qiladi. Ushbu o’quv yilida O’zbekiston yoshlar ittifoqining yuqori kengashlari va institut rahbariyatining topshirig’iga muvofiq talabalarni har oylik o’zlashtirish ko’rsatkichlari, faolligi va ichki tartib qoidalariga amal qilish holatlari monitoringi olib boriladi.

Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalaning va faol ishtirok etib 35% moddiy qo’llab-quvvatlashga sazovor bo’ling.

Shu munosabat bilan 2018-yil 18-sentyabr kuni soat 15:00 da 1-bino 127-ma’ruzalar honasida umumiy yig’ilish o’tkaziladi. Barcha muddatli harbiy hizmatni o’tab harbiy tavsiyanoma bilan institutga to’lov-shartnoma asosida qabul qilingan talabalar ishtirok etishlari shart.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi

Boshlang’ich tashkiloti.