O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 27-yilligi va 1-kurs talabalarini o‘qishga qabul qilishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

05.09.2018, 11:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1187

Toshkent farmatsevtika institutida 2018 yil 5-sentyabr 830 da “Mini futbol” maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 27 yilligi va 1-kurs talabalarini o‘qishga qabul qilishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori, professor I.I.Alimdjanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va institut jamoasini, 1-kursga qabul qilingan talaba-yoshlarni eng ulug‘, eng aziz bayram mamlakatimiz mustaqilligining 27-yillik to‘yi bilan qutladi. Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar va bugungi kunda muhtaram yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida  amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hususida to‘xtaldi.

     

     

Institut rektori o‘quv yurtimizda talabalarga ta’lim-tarbiya olish uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida so‘zladi va ularning o‘z oldiga qo‘ygan ulkan maqsadlarga erishishlarida muvafaqqiyatlar tiladi. Hamda talabalarga institut rahbariyati, fakultetlar dekanati, kafedra mudirlari va jamoat tashkilotlari rahbarlari tanishtirildi. Institutning faxriy professori, taniqli olim O.A.Shobilolov talaba-yoshlarni institutga qabul qilingani bilan tabriklab, O‘zbekistonda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati hususida so‘z yuritdi. Dorishunoslik barcha zamonlarda ham eng sharafli va shu bilan birgalikda mas’uliyatli kasblardan  ekanini ta’kidlab, yoshlar dorishunoslik ilmini qunt bilan o‘rganishlari,ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanishlari, halqimizga sidqidildan xizmat qiladigan yetuk, barkamol shaxslar bo‘lib yetishishlarini tiladi.